Yangilanish2026 yil 24 sentyabr

1UZ dasturlarining navbatdagi (237) yangilanishi eʼloni, 22.09.2026 y.

«1UZ Buxgalteriya hisobi. Asosiy», «Ishlab chiqarish», «Ulgurji savdo» dasturlari uchun:

  • IT Park rezidenti boʻlgan korxonalar uchun ilova faylini yuklash imkoniyati bilan daromad soligʻi hisoboti shakli ishlab chiqildi. Hisobotni shakllantirishda «IT Park rezidenti» belgisini qoʻyib, uni imtiyozli variantga oʻtkazish mumkin.
  • «TMZ - Xizmatlar» boʻlimida «Xarajatlarni qoplash» xizmat turini qoʻshishda «Hisob schyoti»ni 6010 dan boshqa mos schyotga oʻzgartirish mumkin.
  • «Nakladnaya hisob-faktura» hujjatiga «Barcha qoldiqlarni sotish» tugmasi qoʻshildi: TMZni «Toʻldirish» tugmasi bilan yuklagandan soʻng hujjat barcha qoldiqlarni sotish uchun avtomatik toʻldiriladi.
  • «TMZ» boʻlimining «Hisobotlar» qatoriga yangi hisobot turlari qoʻshildi.
  • «Tabel» hujjatini avtomatik yuklash qoʻshildi: tabelni Excel’ga chiqaring, kerakli davr maʼlumotlarini oʻzgartiring va faylni qayta yuklang - oʻzgarishlar avtomatik kiritiladi.
  • TTYU hujjatining «Tashish turi» maydonidagi maʼlumot oʻzgartirildi.
  • Sunʼiy intellektli «Abdullajon» yordamchisiga maʼlumotlar bazasini tekshirish va tahlil qilish platformasiga oʻtish tugmasi qoʻshildi.
Ulashish:Havola nusxalandi!

1UZ’ni bepul sinab koʻring - dastlabki 150 provodka

Sinov muddatini ulaymiz va maʼlumot koʻchirishda yordam beramiz.

Telegramga yozish
Mahsulotlar Xizmatlar Sodiqlik Biz haqimizda