2026-07-28

❗️ 1UZ dasturlarining 22.06.2026y. sanasiga navbatdagi (231) yangilanishlar anonsi.

“1UZ Buxgalteriya hisobi. Asosiy” dasturi uchun; 
 
1) Kurʼyer orqali yaratiladigan shartnoma uchun “Shartnoma turi” boʻlimi qoʻshildi. Bunda shartnomaning qaysi turga mansub ekanligi (oldi-sotdi, xizmat) tanlanganda (Sotuvchi – Sotib oluvchi, Bajaruvchi – Buyurtmachi) bandlari oʻzgarishi va shartnoma turiga moslashtirilishi bilan toʻldirildi.    
2) Kurʼyer orqali kontragentga junatilayotgan shartnomalarning filial yoʻnalishi tanlanganga shu filial uchun tayinlangan direktor maʼlumotlari avtomat shakllanishi yoʻlga qoʻyildi. 
3) Token Imzo kaliti orqali dasturning ishlash prinsipi integratsiya qilindi. Endilikda dasturga Token imzo kalitini Kurʼyer boʻlimidan tanlagan xolda barcha xujjatlarga imzo qoʻyish, joʻnatish, qabul qilish, rad etish, guruxlab joʻnatish imkoniyati yaratildi.
4) Chiquvchi xujjatlar dasturga avtomat yuklanganda yuklangan xujjatlar uchun yuklanganligini bildiruvchi belgi (ilmoq) qoʻyilishi yoʻlga qoʻyildi.
5) Kirib keluvchi xisob-fakturalarda Joʻnatuvchi tomonidan chegirma uchun IKPU kodi qoʻllanilgan boʻlsa, dastur fakturaning shu manfiy chegirma summasi uchun avtomat provodka berishi yoʻlga qoʻyildi.
6) Banklar tomonidan oʻzgartirilgan bank koʻchirmalarining barchasi dasturga yuklash uchun moslashtirildi.
7) “Maʼsul shaxs” moduli ishlashida kuzatilayotgan xatoliklar toʻgʻirlandi. Ishlashi barqarorlashtirildi.
 

Mahsulotlar Xizmatlar Sodiqlik Biz haqimizda