❗1UZ dasturlarining 07.04.2026y. sanasiga navbatdagi (227) yangilanishlar anonsi.
“1UZ Buxgalteriya hisobi. Asosiy” dasturi uchun;
1) Bank koʻchirmalarini qayta ishlashda buxgalteriya oʻtkazmalarini avtomatik tanlash uchun birinchi AI-agenti ishlab chiqildi.
2) Yuk xati hisob-fakturasi uchun gibrid faktura dasturga integratsiya qilindi: Endilikda yuboruvchi tomonidan yaratish, imzolash, yuborish, rad etish, nusha koʻchirish va kabul qiluvchi tomondan qabul qilish, rad etish yoʻlga qoʻyildi!
3) "Kuryer" boʻlimidagi kiruvchi gibrid hisob-fakturalar uchun kirim yuklash joriy etildi.
4) Oʻzbek tili interfeysida kuzatilayotgan xatoliklar toʻgʻirlandi.
5) Farm faktura uchun retseptli, retseptsiz boʻlimi toʻliq takomillashtirildi. Dasturda farm faktura joʻnatishdagi xatoliklar toʻgʻirlandi.
6) Yakka tartibdagi tadbirkor (YATT)lar uchun jismoniy shaxs elektron kaliti orqali dastur barcha elektron saytlarga toʻliq integratsiya qilindi. Endilikdan dasturda kiruvchi, chiquvchi xujjatlar bilan ishlash toʻliq ishga tushirildi.
7) E-Imzo dasturining 6.X.X versiyasi dasturda toʻliq koʻllanishi yoʻlga qoʻyildi.
