❗1UZ dasturlarining 17.02.2026y. sanasiga navbatdagi (224) yangilanishlar anonsi.
“1UZ Buxgalteriya hisobi. Asosiy” dasturi uchun;
1) Tayyor mahsulot tannarxini xarajat moddalari asosida aniqlash uchun “Umumiy” boʻlimning “Hisobotlar” qatoriga “Taqsimlangan xarajat moddalari” hisobot shakli qoʻshildi;
2) “Yuk-xat fakturasi” xujjatiga Kuryer orqali bir vaqtda TTYU xujjati bilan joʻnatish imkoni uchun “Gibrid” boʻlimi qoʻshildi;
3) “Ishlab chiqarish” modulida “Aveko” hisobdan chiqarish uslubida ish faoliyatini olib boradigan ishlab chiqarish korxonalarining “Tannarxni hisoblash” xujjatida kuzatilayotgan xatolik toʻgʻirlandi;
4) “Bank koʻchirmasi”ni dasturga yuklashda barcha banklar uchun bank besh belgidan iborat kodi orqali avtomatik oʻtkazma berish yoʻlga qoʻyildi.
