2025-09-18

1UZ dasturlarining 08.08.2025y. sanasiga navbatdagi (219) yangilanishlar anonsi

“1UZ Buxgalteriya hisobi. Asosiy” dasturi,  “Ishlab chikarish”,  “Ulgurji savdo” modullari uchun:

  1. Yukxati hisob-fakturada markirovkali tovarlarni realizatsiyasida, tovarning sonidan kelib chiqib, Markirovka boʻlimi markirovkalar sonini realizatsiya qilinayotgan tovar soni bilan bir xilda avtomat toʻldirib berishi takomillashtirildi;  
  2. Jismoniy shahs bilan ijara shartnomasi tuzilganda qoʻl oʻtkazmasi toʻliq xujjat koʻrinishiga oʻzgartirildi. Jismoniy shahs bilan Ijara shartnomasi uchun dasturda yangi xujjat yaratildi; 
  3. Hisob-faktura xujjaning jadval qismida summa kiritilinganda Summa B/U va Summa N/U qatorlari avtomat hisoblashga oʻtkazildi; 
  4. “Ishonchnoma” xujjatining DSI tomonidan oʻzgartirilgan standarti dasturga moslashtirildi. 1UZ Kuryer orqali joʻnatishda kuzatilinayotgan xatoliklar toʻgʻirlandi; 
  5. Guruh xujjatlar yuborilishini tezlashtirish uchun 1UZ Turbo Kuryer yangi funksional qoʻshildi; 
  6. Dasturning Kontragentlar boʻlimida xar bir boʻlimda bir INN raqami boʻyicha bitta kontragent yaratish imkoniyati va shu yaratilingan kontragent maʼlumotlarini oʻzgartirish imkoniyati qoʻshildi;
  7. Gʻazna (UzAsbo) dasturiy taʼminotning mijozlari bank koʻchirmasini dasturga avtomat yuklash shabloni yangilandi; 
  8. Kontragent maʼlumotnomasi ichiga korxona filiallari rekvizitlari DSIdan avtomatik dasturga yuklash imkoniyati yaratildi; 
  9. Valyuta boʻyicha BHMS 22-chi soniga kiritilgan oʻzgartirish boʻyicha dasturning hisob-kitobi toʻliq moslashtirildi. Avvvalgi hisob-kitobda kuzatilayotgan kamchiliklar bartaraf etildi; 
  10. “Ishlab chiqarish” modulining TMZ maʼlumotnomasidagi “Tovarning kelib chiqishi” rekvizitini belgilash uchun yangi qator qoʻshildi.
Mahsulotlar Xizmatlar Sodiqlik Biz haqimizda